Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiya hamkorlik emas, balki jinoyatga sheriklikdir

O‘zbekiston Respublikasining
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonunining 3-moddasiga muvofiq:
Korrupsiya
shaxs tomonidan o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy ne’matlar olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek bunday naflarni qonunga xilof ravishda taqdim etish
Korrupsiya jinoyati
korrupsiya belgilariga ega bo'lgan, sodir etganligi uchun qonunda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish
"SmartBank" AJ boshqaruv raisining
murojaatnomasi
Hurmatli bankimiz mijozlari va hamkorlar!
- Mamlakatimiz rivoji uchun eng xatarli o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘layotgan illatlardan biri shubhasiz - bu korrupsiyadir.
- Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan eng xavfli illat. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
- Ushbu illat nafaqat islohotlar yoʼliga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki hozirda biz uchun belgilangan maqsadlarga ham bevosita tahdid soladi. Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiyatning barcha sohalarida korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarga chek qo‘yish va oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
- Bank tomonidan ushbu islohotlar doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu borada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil etilib, aniq vazifalar belgilab berildi.
- Shuningdek, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida “raqamli” boshqaruv tizimiga o‘tish jarayoni boshlandi va bankning ko‘pgina xizmatlari raqamlashtirilib kelinmoqda.
- Bankimiz jamoasi bilan bankda bu illatga mutlaqo o‘rin bo‘lmasligi uchun qattiq kurashamiz.
- Mana shunday yondashuv jamiyatimiz hayotida mustahkam qaror topishi uchun barchamiz birgalikda qat’iy harakat qilishimiz zarur.
- Men mazkur murojaatim bilan Sizlarni bankda korrupsion holatlar kuzatilganda yoki shubha tug‘diruvchi va noqonuniy holatlar yuz berganida aloqa kanallarimiz orqali murojaat qilishga chaqirib qolaman.
- Murojaatingiz maxfiyligi kafolatlanadi!
Hurmat bilan,
Azamat To'rayev
Azamat To'rayev
Boshqaruv raisi
AJ "Smartbank" korrupsiyaga qarshi!

Bankning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati raqami - 1377 bilan bog‘laning

Smartbank ilovasidagi onlayn chat orqali ham bog'lanishingiz mumkin

Bizga Telegram orqali yozing: @Onlinehelpcenterbot