Aksiyadorlar va investorlar uchun

Bugungi kunda bankning yagona aksiyadori «LEADER FINANCE» MCHJ kompaniyasi hisoblanadi
Kompaniya 100 milliard so'mlik dastlabki to'lovni amalga oshirdi, u investitsiya qilish, likvidlikni saqlash va bankning kredit portfelini dastlabki moliyalashtirish uchun ishlatilgan. Har bir aksiyaning nominal qiymati 1000 so'mni tashkil etadi, chiqarilgan va joylashtirilgan aksiyalarning umumiy soni esa 100 million dona oddiy aksiyani tashkil etadi. Kelajakda qo'shimcha aktsiyalar chiqarish va sof foydani kapitallashtirish orqali bankning ustav kapitalini ko'paytirish rejalashtirilgan. Bu bankka bank bozorida muvaffaqiyatli ishlashni davom ettirishga imkon beradi.
Affillangan shaxslar
«LEADER FINANCE» MCHJ
Yagona aksiyador
Jahongir Haydarov
Kuzatuv Kengashi raisi
Erkin Musurmonov
Kuzatuv Kengashi A'zosi
Nuriddin Yusupov
Kuzatuv Kengashi A'zosi
Baxtovar Yusufi
Kuzatuv Kengashi A'zosi
Gapur Oziev
Kuzatuv Kengashi A'zosi
Azamat To'raev
Boshqaruv Raisi
Ilxom Egamov
Boshqaruv Raisi o'rinbosari
Mushtariy G'ulomjonova
Yuridik departamenti boshlig'i
Odil Utamurotov
Bosh Buxgalter
Anvar Baymanov
Komplayens va ichki nazorat boshqarmasi boshlig'i
Moliyaviy ko'rsatkichlar
O'zbekiston Respublikasining "buxgalteriya hisobi to'g'risida" gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, agar yuridik shaxs (budjet tashkilotlaridan tashqari) 1-oktabrdan keyin ro'yxatdan o'tkazilsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31-dekabrida yakunlanishi nazarda tutiladi. AO "Smart bank" litsenziyani 2022-yil 4-dekabrda olganligini hisobga olsak, bankning birinchi yillik moliyaviy hisoboti 2023-yil yakuniga ko'ra tuziladi. Ushbu yillik hisobot bo'yicha, shuningdek, belgilangan tartibda mustaqil auditorlik xulosasini olish nazarda tutiladi.